HAYIT AYYOMI
*****
Ollohning rahmati bir sizga bo’lsin,
Umringiz islomning nuriga to’lsin.
Shukrkim etkazdi ulug’ kunlarga,
Ushbu "Hayit ayyomi” muborak bo’lsin!
*****
Oshiq bo'ldim Ollohda,
Go'zal Rasulullohga.
Robbisini sevganlar,
Qo'l urarmi gunohga?!
Yuragimda ohim bor,
Ortimda gunohim bor.
Ne g'am chekarsan ko'ngil,
Avf etuvchi Alloh bor.
Roziman desa Olloh,
Kel desa Rasululloh.
Baht erur shunday qulga,
Aytgin Alhamdulilloh!
Ramazon oyi muborak bo'lsin!
*****
Yaratganning mag’firatin tilab dildan,
Ibodatdan huzur va ishq istalgan kun.
Tabriklayin, izn bering ey, dindoshim:
Etti kunga sulton bo’lgan JUMA bugun.
*****
Bu Muborak oy avval ko'nglingizda bulut bo'lsin
Ko'z yosh uchun,so'ngra yomg'ir bo'lsin
Ilohiy sevganingizni yashatish uchun
Ramazon oyingiz muborak bo'lsin
*****
Eshit do'stim, sen bu kun yomonlikdan qayt,
Undan ko'ra savob qil, yaxshi so'zlar ayt,
Men xam seni tabriklay shunday ulug' payt,
Chunki bugun qutlug' bayram-QURBON Hayit