Saturday, 19.07.2025, 11:25

"IG2-06" forever

Best of the Best Group
Bookmarks
Calendar
«  May 2011  »
Su Mo Tu We Th Fr Sa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
So'rovnoma
Sizningcha qaysi biri osonroq ?
Barcha javoblar: 18
Mini-Chat
Statistika

Total online: 1
Guests: 1
Users: 0
AGE

Main » 2011 » May » 8 » Turin Politexnika Universtiteti
13:33
Turin Politexnika Universtiteti

Turin Politexnika Universiteti

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tashkil topishi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilg‘or ta’lim standartlari darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2009-yil 28-aprelda tashkil topdi. Shu asno O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, "O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, "Jeneral Motors” korporatsiyasi va Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.

Universitetning asosiy vazifasi.

Universitetning asosiy vazifasi Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi)da qabul qilingan ta’lim dasturlariga hamda oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan, umum e’tirof etgan xalqaro talablarga, O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsad va vazifalariga muvofiq, avtomobil, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, energetika, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish, korxona va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

Ta’lim jarayoni.


Talabalarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda, Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi.Universitetning bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Fakultetlari:
Avtomobil injineringi;
Mashinasozlik texnologiyasi;
Energetika;
Sanoatda axborot texnologiyalari va avtomatik boshqaruv tizimi;
Sanoat va xo‘jalik qurilishi;
Arxitektura va dizayn.

Abituriyentlarni qabul qilish.

Abituriyentlarni qabul qilish va universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda, Turin politexnika universitetida (Italiya Respublikasi) belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Imtihonlar ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi bosqich (test shaklida).
matematika ( 36 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball);
fizika ( 36 ta savol. Har bir to‘g‘ri javobga 2,1 ball);
mantiq (10 ta savol (ingliz tilida). Har bir to‘g‘ri javobga 1,1 ball).

Ikkinchi bosqich.
Bunda faqat birinchi bosqichdan o‘tgan abituriyentlar ingliz tilida imtihon topshiradilar.
writing;
speaking;
reading.

Kerakli hujjatlar:
attestat yoki akademik litsey, kollej diplomining asl nusxasi;
pasport kopiyasi;
3.5 ga 4.5 rasm (8 ta)
0 86 forma;
harbiy komissariatdan o‘tganlik haqidagi bilet kopiyasi (faqat o‘g‘il bolalar uchun);
yashash joyidan ma’lumotnoma.

Universitetning 2011-2012- o‘quv yillari uchun bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotasi 175 kishi etib belgilangan.

Toshkentdagi Turin Politexnika Universitetiga 2011-2012 o'quv yili uchun qabul shartlari quyidagicha:


1. Hujjatlar 2011-yilning 1-iyunidan 1-iyuligacha qabul qilinadi.

2. Kirish imtihonlari
Abituriyentlar imtihonlarini kompyuterda topshirishadi.
Imtihon matematika, fizika fanlari va mantiq (logikadan) bo'ladi va har bir savolga bir necha javoblardan tashkil topgan bo'ladi.
Barcha savollar ingliz tilida tuzilgan bo'ladi

3. Imtihonlar 4-iyuldan 10-iyulgacha o'tkaziladi.

Imtihon o'tkaziladigan manzil: Toshkentdagi Turin politexnika universiteti.

4. Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjatlar:
IELTS sertifikati, 4,0 yoki undan yuqori ball

yoki
TOEFL sertifikati, eng kam ball miqdori quyidagicha bo'lishi mumkin:

qog'ozdagi TOEFL - 434 ball
Komputerga asoslangan TOEFL-121
TOEFL iBT-41
Sertifikatlar 31-iyulgacha abituriyent tomonidan olib kelib ko'rsatilishi shart.

5. Kerakli hujjaltlar:
Abituriyentning arizasi
Passport kserokopiyasi, doimiy yashash manzili bilan birgalikda
O'rta maktabni tugatganligi to'g'risida attestat yoki litsey yoki kollejni tugatganligi to'g'risidagi diplom
Tibbiy ma'lumotnoma (086-У forma)
3x4 o'lchamda 8 dona fotosurat
Harbiy hizmatga chaqirilganligi to'g'risidagi hujjat
Skorosshivatel

Ma'lumot uchun telefon: 246-20-78  www.POLITO.uz
Views: 3281 | Added by: AkoshA | Rating: 0.0/0
Total comments: 3
2 babu  
0
Salom. Bakalavriyat uchun grantlar bormi? Universtitet imtihonlari savollaridan misollarni qayerdan olsam bo'ladi? Agar imtihon vaqtliroq bo'lsa O'zbekiston oliy o'quv yurtlariga ham imtihon topshirishga ulgursa bo'ladimi?

3 AkoshA  
0
To'liq ma'lumotlarni www.Polito.uz saytidan yoki ishonch telefonlaridan olishingiz mumkin good

1 jasur  
0
bakalavr darajasiga ega bo'lganlar ham topshirsa bo'ladimi?

Name *:
Email *:
Code *: