Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tashkil topishi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilg‘or ta’lim standartlari darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2009-yil 28-aprelda tashkil topdi. Shu asno O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, "O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, "Jeneral Motors” korporatsiyasi va Turin politexnika universitetining (Italiya Respublikasi) Toshkent shahrida Turin politexnika universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.